NURAFSHON SHAHRIDA AHOLI IMORATLARINI SUG‘URTALASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
2026-yil 19–21-avgust kunlari «KAFIL-SUG‘URTA» AJ Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti hamda Toshkent viloyati filiali vakillari tomonidan Nurafshon shahriga xizmat tashrifi amalga oshirildi.
📊 Tashrif doirasida shahar hokimligi mas’ullari va MFY raislari ishtirokida aholi imoratlarini sug‘urtalashning ahamiyati, sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi hamda zamonaviy to‘lov imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
↗️ Shuningdek, mahallalardan birida «E-imorat» loyihasi va e.kafil.uz tizimi orqali sug‘urta polisini rasmiylashtirish jarayoni amalda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida faol yoshlarni sug‘urta sohasiga jalb etish, yangi sug‘urta agentlari tarmog‘ini shakllantirish hamda aholi imoratlarini sug‘urtalash ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.