Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 15.04.2026

KASBIY BILIMLAR YANA BIR BOSQICHGA OSHDI

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Yuridik xizmat bo‘limi jamoasida yana bir muhim natija qayd etildi. Kompaniyada belgilangan malaka talablari asosida bo‘lim yuristi Soliyev Otabek Saliyevich O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi mediatorlarni tayyorlash maxsus o‘quv kursini tamomlab, tegishli sertifikatga ega bo‘ldi.

➡️ Mazkur sertifikat 40 soatlik “Mediatorlarni tayyorlash o‘quv kursi” o‘zlashtirilganini tasdiqlaydi hamda xodimimizning huquqiy bilimlari, muzokara olib borish va nizolarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari yanada mustahkamlanganini ko‘rsatadi.

➡️ Ushbu natija xodimimizning kasbiy talablarga jiddiy yondashuvi, o‘z ustida muntazam ishlayotgani hamda bilim va ko‘nikmalarini izchil ravishda takomillashtirib borayotganining amaliy ifodasidir.

😊 Soliyev Otabek Saliyevichni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz. Uning bilim va mas’uliyat bilan olib borayotgan faoliyati jamiyatimiz rivojida muhim o‘rin tutadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: