Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 08.04.2026

Karyera kuni: yoshlar va sug‘urta sohasi o‘rtasida ochiq muloqot

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJning “Malaka oshirish” markazi vakillari INHA University in Tashkent tomonidan tashkil etilgan “Job Fair 2026” tadbirida faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar bilan ochiq va mazmunli muloqot o‘tkazildi. Unda sug‘urta sohasidagi ish jarayonlari, amaliy faoliyat hamda kompaniya doirasida yoshlar uchun mavjud rivojlanish yo‘nalishlari haqida tushuntirishlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan real misollar keltirilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

— Kompaniya faoliyati va ish jarayonlari haqida ma’lumot berildi;
— Yosh mutaxassislar uchun amaliyot va ish boshlash imkoniyatlari tushuntirildi;
— Zamonaviy mehnat bozorida talab etilayotgan ko‘nikmalar haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan samarali aloqalar o‘rnatilib, kelgusidagi hamkorlik uchun asos yaratildi.

Ushbu uchrashuv talabalarga o‘z imkoniyatlarini baholash, kasbiy yo‘nalishini aniqlash va amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: