Sug‘urta xizmatlari — hududiy natijalar e’tirof etilmoqda
2026-yil 6-aprel kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJning Xorazm viloyati filialiga oid muhim yangilik hududiy televideniyeda keng yoritildi. Xorazm MTRK kanalining kechki dasturlarida efirga uzatilgan reportajda filial faoliyatining asosiy natijalari hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Reportajda, xususan, filialning “Namunali filial oyligi” dasturi doirasida 5 yulduzli bahoga sazovor bo‘lgani alohida ta’kidlandi hamda bu natijaning mazmuni keng ochib berildi.
Efir davomida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi:
➡️ Xorazm viloyati filialining faoliyati 5 yulduzli baholash tizimi asosida yuqori darajada baholangani;
➡️ filial jamoasining samarali ishlashi va xizmatlar sifatini oshirish borasidagi yondashuvi;
➡️ filial xodimlari uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar;
➡️ hududlarda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish va mijozlarga qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar;
➡️ ekologik tashabbuslar, xususan “Yashil makon” dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar.
Mazkur reportaj orqali filial faoliyatining amaliy natijalari hamda hududiy rivojlanish yo‘lidagi izchil ishlar keng jamoatchilikka yetkazildi.
KAFIL-SUG‘URTA — har ehtimolga qarshi