Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 06.04.2026

Amaliy yondashuv — kasbiy kamolotning muhim bosqichi

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida talabalar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda kompaniyamizning Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori — Djanturaev Umid Muxammadyusupovich hamda “Malaka oshirish” markazi menejeri kichik assistenti Sh. Mamadaliyevlar ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar sug‘urta sohasidagi ish jarayonlari bilan tanishdilar, mutaxassislar tajribasiga asoslangan tushunchalarni o‘zlashtirdilar hamda amaliy misollar orqali bilimlarini mustahkamladilar.

Mazkur uchrashuvlar tizimli ravishda tashkil etilib, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlab bormoqda. “KAFIL-SUG‘URTA” AJ kelgusida ham talabalar bilan amaliy muloqotlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: