Yangilanish — samaradorlik sari muhim qadam!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar doirasida filiallar faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌟 Xususan, “Namunali filial oyligi” dasturi doirasida 5 yulduz sohibi bo‘lgan filiallar uchun belgilangan imtiyozlardan biri — zamonaviy va qulay ofis sharoitlarini yaratish asosida, Jizzax viloyati filialiga yangi ofis topshirildi.
Yaratilgan sharoitlar:
✔️ ish jarayonlarini samarali tashkil etish;
✔️ xodimlar uchun qulay ish muhitini ta’minlash;
✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bu o‘zgarishlar — jamoaning izchil mehnati va yuqori natijalarining amaliy ifodasidir.
✅ Yaratilgan ushbu imkoniyatlar uchun “KAFIL-SUG‘URTA” AJ rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz.
😊 Jizzax viloyati filiali jamoasini ushbu muhim yangilanish bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada yuqori natijalar tilaymiz.