Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik — amaldagi yondashuv
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi amaliy uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Shu doirada Qo‘qon universiteti Andijon filialida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🇺🇿 Unda kompaniyamizning Boshqaruv raisi o‘rinbosari Djanturaev Umid Muhammadusupovich hamda Andijon filiali boshlig‘i Umidjon G‘ofurov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida:
➡️ talabalar bandligini ta’minlash imkoniyatlari
➡️ sug‘urta sohasida faoliyat boshlash yo‘llari
➡️ moliyaviy savodxonlikni oshirishning ahamiyati
yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga “KAFIL-SUG‘URTA” AJning faoliyati, kompaniyadagi mavjud imkoniyatlar hamda yoshlar uchun taklif etilayotgan ish yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot formatida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, kelgusi faoliyati bo‘yicha aniq yo‘nalish belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan bunday uchrashuvlarni tashkil etish orqali yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.