Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 02.04.2026

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — sifatli natija asosi!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari bilan imzolangan memorandumlar doirasida amaliy uchrashuvlar izchil tashkil etilmoqda. Bu kabi tashabbuslar talabalarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash va ularni real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Shu doirada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida navbatdagi master-klass tashkil etildi.

Unda kompaniyamizning Investitsiya va korporativ aloqalar departamenti direktori Shakirov O‘tkirbek Taxirovich ishtirok etib, o‘z amaliy tajribasi asosida talabalar bilan muloqot qildi.

Master-klass mavzusi:
⭕️ sug‘urta kompaniyalarida investitsion faoliyatni tashkil etish;
⭕️ investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlar tarkibi.

Mazkur mavzular doirasida ishtirokchilarga investitsion jarayonlarning mazmuni, qaror qabul qilishdagi yondashuvlar hamda daromadlarni shakllantirish mexanizmlari batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, sohani chuqurroq anglash va kelgusi faoliyati uchun aniq tasavvur shakllantirish imkonini berdi.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ bunday amaliy uchrashuvlar orqali ta’lim va soha o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: