YANGI YUTUQ – UMUMIY NATIJAMIZ!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Buxgalteriya hisobi departamenti jamoasi yana bir muhim natijaga erishdi. Kompaniya rahbariyati tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq, xodimlarimiz 1C: Buxgalteriya hisobi (1C: Enterprise 8.3) tizimi imkoniyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirish sertifikatini qo‘lga kiritishdi.
🔻 Ushbu natija jamoaning kasbiy talablarga mas’uliyat bilan yondashib kelayotgani, o‘z ustida muntazam ishlayotgani hamda bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilab borayotganining amaliy ifodasi bo‘lib, shu bilan birga xodimlarimizning malaka talablarini yuqori darajada bajarayotganini va zamonaviy buxgalteriya tizimlarida ishlash bo‘yicha puxta bilim hamda ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Quyidagi xodimlarimizni samimiy muborakbod etamiz:
⭕️ Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Buxgalteriya hisobi departamenti direktori Dadajanov Nodir;
⭕️ “Buxgalteriya hisobi” departamenti yetakchi buxgalteri Azimova Munira;
⭕️ “Buxgalteriya hisobi” departamenti yetakchi buxgalteri Irmuhamedova Sevara.
😊 Sizlarning bilim va mas’uliyat bilan olib borayotgan faoliyatingiz kompaniya rivojida muhim o‘rin tutadi. Bu natija jamoaviy sa’y-harakatlar samarasidir.