Silk Road Insurance Forum: xalqaro hamkorlik va tajriba almashuvi maydoni
“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan ilk xalqaro Silk Road Insurance Forumda ishtirok etmoqda.
➡️ Forum mintaqadagi yetakchi sug‘urta kompaniyalari, ekspertlar va InsurTech yo‘nalishi vakillarini birlashtirib, sohaning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda zamonaviy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
➡️ “KAFIL-SUG‘URTA” vakillari forum doirasida xalqaro sug‘urta bozori ishtirokchilari bilan faol muloqot olib borib, ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda.
➡️ Ushbu ishtirok kompaniya uchun yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro bozordagi ishtirokni yanada kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Ushbu forum “KAFIL-SUG‘URTA” uchun xalqaro sug‘urta maydonidagi ishtirokni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.