Raqamli salohiyat va amaliy hamkorlik uyg‘unligi
Bugungi kunda axborot texnologiyalari iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Xizmatlar sifatini oshirish, jarayonlarni tezkor va shaffof tashkil etish zamonaviy yondashuvlarni talab qiladi.
📍 Shu nuqtai nazardan “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni amaliy jarayonlar bilan tanishtirish, raqamli xizmatlarni takomillashtirish hamda texnologik yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida:
➡️ IT yo‘nalishidagi talabalar uchun amaliyot imkoniyatlari yaratiladi;
➡️ raqamli xizmatlar va avtomatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalar amalga oshiriladi;
➡️ sohaviy mutaxassislar ishtirokida amaliy uchrashuv va muloqotlar tashkil etiladi;
➡️ istiqbolli yoshlarni kompaniyaning texnologik yo‘nalishlariga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu memorandum innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda sug‘urta sohasida samarali texnologik yechimlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi uchun ta’lim muassasalari bilan bunday hamkorlik zamonaviy bilim va texnologiyalar uyg‘unligiga asoslangan izchil taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir.