Qashqadaryoda sug‘urta savodxonligini oshirish va yoshlar bilan muloqot kengaymoqda!
“KAFIL-SUG‘URTA” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan “Namunali filial oyligi” doirasida Qarshi davlat texnika universitetida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti direktori Mo‘minov Farhod Azimovich hamda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chor sh anbiev Zafar Esanpulotovich ishtirok etdilar.
💬 Suhbat davomida sug‘urta sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni, yosh mutaxassislar uchun kasbiy o‘sish imkoniyatlari, shuningdek, talabalar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Yoshlar o‘rtasida sug‘urta sohasiga qiziqishni oshirish,
🔹 bilim va amaliyotni uyg‘unlashtirish,
🔹 kadrlar salohiyatini mustahkamlash — uchrashuvning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘ldi.
😊 Bunday tashriflar yosh avlodda sug‘urta sohasi haqida to‘g‘ri tasavvur shakllantirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitish hamda mamlakatimizda sug‘urta madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.