"KAFIL-SUG‘URTA" AJ va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — suг‘urta savodxonligini oshirish hamda amaliy bilimlarni mustahkamlash yo‘lida izchil hamkorlik!
Bugungi uchrashuvda talabalarga sug‘urta bozorining amaliy jihatlari, agentlar tayyorlash jarayoni va sohada faoliyat boshlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔴 Tadbirda “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori Janturayev Umidjon Muhammadusupovich sug‘urta tizimi, bozor talablari va agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida tushuntirib berdi.
Shuningdek, “Malaka oshirish” markazi direktori Jalilov Mirshod Burxonovich kelgusidagi agentlar uchun muhim bo‘lgan amaliy vazifalar, xizmat ko‘rsatish standartlari va kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha real misollar keltirdi.
Uchrashuvning asosiy yo‘nalishlari:
🔴 sug‘urta sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
🔴 agentlik faoliyatining muhim tamoyillarini tushuntirish;
🔴 yoshlar uchun sohada faoliyat boshlash yo‘llarini belgilab berish.
🔴 Mazkur uchrashuv talabalarning sug‘urta savodxonligini oshirish, amaliy jarayonlar bilan tanishtirish va soha bo‘yicha qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.