Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.11.2025

KAFIL-SUG‘URTA xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” aktsiyadorlik jamiyati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Xitoyning yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri — “Donghai Marine Insurance Co. Ltd” (deniz sug‘urtasi va qayta sug‘urta xizmatlariga ixtisoslashgan) bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

🤝 Ushbu memorandum sug‘urta va qayta sug‘urta sohalarida ilg‘or tajribalarni almashish, yangi loyihalarni amalga oshirish, kadrlar malakasini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida imzolandi.

📊 Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
➡️ sug‘urta va qayta sug‘urta sohalarida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish;
➡️ risklarni boshqarish, baholash va sug‘urta mahsulotlarini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish;
➡️ xalqaro qayta sug‘urta amaliyotlarini o‘rganish va ularni milliy tajribaga joriy etish;
➡️ o‘quv, ilmiy-tahliliy va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
➡️ xalqaro aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish.

🕊 Memorandumning imzolanishi — “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlash, qayta sug‘urta bozorida o‘z o‘rnini kengaytirish va global sug‘urta tizimida ishonchli hamkor sifatidagi maqomini oshirish yo‘lidagi muhim qadmdir.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: