Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 29.10.2025

ILMA vakillari 28–29 oktabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Turkic States Insurtech Summit” anjumanida ishtirok etmoqda. 🇦🇿

propaganda Banner

Tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning sug‘urta sohasini tartibga soluvchi organlari, sug‘urta uyushmalari hamda kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Moliyaviy tahlil departamenti direktori Usmonov Azizbek Albek o‘g‘li ham ishtirok etmoqda.

Dastur doirasida sug‘urta sohasini raqamli transformatsiya qilish, InsurTech texnologiyalarini rivojlantirish, hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston sug‘urta bozorining joriy tendensiyalari, sohada shaffoflik va qulaylikni oshirish, yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni amaliyotga joriy etish yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: