🌟"Namunali filial oyligi" Samarqandda davom etmoqda!
✅“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan o‘tkazilayotgan “Namunali filial oyligi” doirasida Samarqand viloyati filiali tashabbusi hamda kompaniya rahbariyati ishtirokida Samarqand tumanida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
📍Ushbu uchrashuv aholining sug‘urta savodxonligini oshirish, sug‘urtaning ahamiyati, foydasi va kundalik hayotdagi zarurligi haqida ma’lumot berish maqsadida o‘tkazildi.
👥Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Shuningdek, sug‘urta turlari, ularning qamrov doirasi va xavfsiz kelajak uchun yaratiladigan kafolatlar batafsil tushuntirib berildi.
🎯"Namunali filial oyligi" orqali biz nafaqat xizmat sifatini oshirishni, balki sug‘urta madaniyatini keng jamoatchilik orasida shakllantirishni maqsad qilganmiz.