“KAFIL-SUG‘URTA” AJ xalqaro miqyosda yana bir nufuzli e’tirofga sazovor bo‘ldi!
Global Banking & Finance Awards® tomonidan kompaniyamiz “The Next 100 Global Awards 2025 – General Insurance” mukofotiga loyiq deb topildi.
Bu e’tirof — sug‘urta sohasida yillar davomida olib borilgan izchil mehnat, yangilikka intilish va mijozlarga bo‘lgan sadoqatning yuksak bahosidir.
Ushbu mukofot biz uchun faxr, shu bilan birga, faoliyatimizni yanada takomillashtirish va mijozlar ishonchini yanada mustahkamlashga undovdir.